Navoiy shahridagi «PROFI University» binosida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan «Oʻquv-metodik Kengashi faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari» mavzusida viloyat oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʻrinbosari Abror Latipov hamda boshqarma sho’ba boshlig’i Talgat Kayepovlar ishtirok etib, Kengash ishiga muvaffaqiyat tilashdi. Jarayonda viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori Uktamjon...Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNISЕF tashkiloti hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida viloyatning maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun tashkil etilgan trening mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni ham samarali o‘tmoqda. Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tayongan mashg‘ulotlarda bugun «Maktabgacha ta’limda fasilitatsiya va muloqotning ahamiyati», «Redjio pedagogik yondashuvi asosida kuzatuv va hujjatlashtirish», «Ota-onalarning ishtiroki va oilalar bilan muloqoti»,...Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNISЕF tashkiloti hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida viloyatning maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun trening mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi. Trening mashg‘ulotlarini YUNISЕFning O‘zbekistondagi maslahatchisi Yuliya Narolskaya hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori O‘ktamjon Mardanovlar kirish so‘zi bilan ochib berishdi. Bugungi mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar trening...Batafsil
🚌Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan Uchquduq tumani «Abay» MFY da joylashgan «Quvnoq bolalar» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi pedagog kadrlar uchun mobil malaka oshirish xizmati tashkil etildi. Jarayonda tarbiyachilar uchun “Dastlabki yillarda matematika: Singapur tajribasi asosida kognitiv rivojlantirish” hamda “Tabiat va jamiyat” mavzularida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda: 🧳...Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida «O‘qish savodxonligini rivojlantirish: interaktiv metodlar va hayotiy kompetensiyalar integratsiyasi» mavzusida seminar-trening mashg’uloti bo’lib o’tdi. Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan seminar mashg’ulotida pedagogik mahorat markazi tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Mavjuda Suvonova «Ona tili va adabiyot darslari samaradorligini xalqaro baholash dasturi asosida oshirish», Karmana tumani 27-maktab o’qituvchisi Xurshida Xomitova...Batafsil