Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi hamda Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi hamkorligida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Ezgu tilak” loyihasi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ochiq osmon ostidagi amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi....Batafsil
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi tasviriy san’at kursi tinglovchilari tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab yuksak ma’naviy ruhdagi badiiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🎨Ushbu tadbir doirasida tinglovchilar o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etib, Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikning qadri, urush va mehnat fronti qatnashchilariga bo‘lgan yuksak ehtirom kabi g‘oyalarni aks ettirgan ta’sirli asarlar...Batafsil
Aprel oyi davomida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik aloqalari izchil olib borildi. Xususan, Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi, filippinlik janob Bernardo Melchor hamkorlik shartnomasiga asosan xorijiy maslahatchi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Hamkorlik doirasida Markaz direktori Uktamjon Mardanov bilan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish...Batafsil
Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Milliy ta’lim yaratilishida innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda pedagoglar ishtirok etib, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy pedagogik metodlarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar. Anjumanda Ozarbayjon, Rossiya, Ruminiya, Hindiston, Filippin, Ukraina va Tojikiston davlatlaridan mutaxassislar...Batafsil
Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yangiliklar va istiqbollar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-treningning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan tinglovchilarni tanishtirishdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilarga sohadagi yangiliklar, istiqboldagi ustuvor vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, jarayonda Reggio Emilia...Batafsil