DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Yuriskonsult

Yuriskonsultning xizmat vazifalari quyidagilardan iborat:

– pedagogika markazi direktoriga taqdim qilinadigan buyruqlar va boshqa huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirish;

– pedagogika markazida va uning tarkibiy boʻlinmalarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritish, shuningdek, Pedagogika markazida mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan, mehnatga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitimlar va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashish, ushbu hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshirish va huquqiy xulosa berish;

– pedagogika markazi direktoriga Pedagogika markazi xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritish hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

– pedagogika markazning boshqa tashkilotlar bilan vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan choralar koʻrish hamda Pedagogika markazining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashish;

– tarkibiy boʻlinmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam koʻrsatish, yuridik xizmat faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqish;

– pedagogika markaziga turli tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqishda ishtirok etishda qatnashish;

– pedagogika markazi va uning tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

– pedagogika markazi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

– ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

– normativ-huquqiy hujjatlarning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlash, shu jumladan, Pedagogika markazini kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini koʻrish hamda huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida Pedagogika markazi direktoriga takliflar kiritish;

– shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, Pedagogika markazi tomonidan tuzilgan shartnomalarning zarur darajada bajarilishi boʻyicha takliflar kiritish;

– pedagogika markazi manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va Pedagogika markaziga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;

– tegishli tashkiliy tuzilmalar bilan birgalikda Pedagogika markazining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganish, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻrish;

– pedagogika markazining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etish;

– mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirish va ularni tayyorlashda ishtirok etish;

– boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda Pedagogika markazi mulkining talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtirish.

Yuridik xizmatning zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.