AXBOROT RESURS MARKAZI

Institut axborot-resurs markazi Xalq ta’limi vazirligining  2009-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari kutubxonalarini axborot-resurs markazlari sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan institutning 2009-yil 09.03dagi 16-AF-sonli buyrug‘i qabul qilinib, ushbu buyruq asosida axborot-resurs markaziga aylantirildi.
ARM o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga,  O`zbekiston Respublikasi qonunlariga,O`zbekiston Respublikasi prezidenti qarorlari, farmon va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlariga, NVPKQTMOI nizomi, ichki tarib-qoidalariga, ARM nizomiga amal qiladi.
Bosh maqsadimiz –  Yuqori sifatli ilg‘or axborot texnologiyalari asosidakitobxonlarning axborotga bo`lgan ehtiyojlarini tezkor va sifatli qondirish;
–  Mavjud qog‘ozli va elektron manbalardan erkin foydalanish uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish;
–  shaxsning kamol topishi, ta’lim va mustaqil bilim olish, madaniy faoliyat vadam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Axborot-resurs markazi institut professor-o‘qituvchilariga, ishchi xodimlarga va kurs tinglovchilariga xizmat ko‘rsatadi.
ARMning moddiy-texnika bazasi:

Kompyuterlar soni -4 ta, internet tarmog‘iga ulangan

printer -1 ta

skaner – 1 ta

Adabiyotlar bilan ta’minlanganlik (kutubxona fondi)-5930 dona (qog‘oz shaklda)

Shundan:

-O‘quv-uslubiy adabiyotlar-1747 dona;

– Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar – 1195dona;

– badiiy adabiyotlar – 1337 dona;

– ilmiy-ommabop adabiyotlar – 1593 dona;

– ma’lumotnoma va lug‘atlar  – 58 dona.

Elektron baza ma’lumotlari:

  • Elektron darsliklar – 260 nomda;
  • Darsliklarning elektron nusxalari -512 nomda;
  • Badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari – 6060 nomda
  • Ma’lumotlar bazasida 3742 nomdagi ma’lumotlat to‘plangan.

O‘quv zalida  kitobxonlar mustaqil va erkin foydalanishlari uchun sharoit yaratilgan bo‘lib, noyob va yagona nusxadagi adabiyotlar, ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’ruza matnlari, matbuot nashrlari-gazeta va jurnallarning to‘plamlari,  Internet saytlaridan foydalanishlari uchun qulayliklar yaratilgan.

Xizmat ko‘rsatish bo‘limida  tinglobchilar va aholi uchun  zarur bo‘lgan adbiyotlar bilan xizmatlar tashkil qilingan. Kitobxonlar so‘rovi asosida kitoblarni uyga berish, o‘quv zalida foydalanish, adabiyotlarning elektron nusxalarini berish asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.