DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

STEAM laboratoriya xonasi

Hozirda dunyo bozorida yangi texnologiyalarga talab oshib borayotganligi va buning natijasida yangi kasblarni paydo boʻlayotganligi yurtimizda ushbu sohalarni rivojlantirish talablarini ortib borishini koʻrsatmoqda.

STEAM – tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg‘unlikda o‘qitish uslubi.

STEAM ta’lim texnologiyasi bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi.  O‘quvchi o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi.

Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, hududiy markazda STEAM laboratoriya xonasini tashkil etish, jihozlash, faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

-Tabiiy fanlarning zamonaviy STEAM laboratoriyasi tashkil etish uchun alohida xona ajratildi va joriy ta’mirlandi;

-STEAM laboratoriya xonasiga 12 ta zamonaviy shaxsiy kompyuter va zamonaviy stol-stullar olindi;

– interaktiv elektron doska o‘rnatildi;

– zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda robototexnika va dasturlashga oid toʻliq zamon talablariga mos boʻlgan dasturlar joylashtirildi.

-Koreya, Finlandiya va Rossiya  mamlakatlarida tabiiy fanlarning zamonaviy STEAM laboratoriyasi haqida ma’lumotlar to‘plandi, STEAM darslari uchun metodik ishlanmalar va qo‘llanmalarning elektron variantlari olindi.

Hududiy markazda ta’lim jarayonida hozirgi vaqtda STEAM texnologiyasidan keng foydalanib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad,  tinglovchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlashni istardikki, an’anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, hududiy markazda STEAM yondashuvi tinglovchilarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi tinglovchilarga nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi.