DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

DIQQAT!

Uzoq va chekka hududlarda joylashgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga asosan respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Ushbu xizmat doirasida:
2025-yil 1-martdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida mobil malaka oshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
“Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Jahon banki tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 4 dona auditoriya sifatida jihozlangan avtobus ajratiladi.
Avtobuslarning haydovchi ish haqi, yoqilg‘i-moylash va boshqa xarajatlari tegishli hududlardagi pedagogik mahorat markazlarining pullik xizmatlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, 2025-yil 1-martdan boshlab:
Jihozlangan avtobuslar tegishli hududiy pedagogik mahorat markazlari balansiga beriladi.
Tajribali avtobus haydovchilari ishga qabul qilinadi.
Mobil malaka oshirish xizmatlari orqali uzoq va chekka hududlardagi pedagog kadrlar joyida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur tajriba-sinov samaradorligiga qarab, loyiha kelgusida respublikaning boshqa hududlarida ham keng joriy etilishi mumkin.