DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ta’lim sifati nazorati bo‘limi

FIORo‘ziqulov Faxriddin Rasulovich
LavozimiBo‘lim boshlig‘i.
Ilmiy darajasiPsixologiya fanlari doktori,
Ilmiy unvoniprofessor
Telefon raqami:+998 (98) 778-03-33
E-mail
FIOQuldoshova Dilso‘z
LavozimiBosh mutaxassis
--
Ilmiy unvoni-
Telefon raqami:+998 973210274
E-mail
FIOXo‘jayeva Guzal
LavozimiBosh mutaxassis
--
Ilmiy unvoni-
Telefon raqami:+998 913318507
E-mail

Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi

B o‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari,
hududiy markaz buyruqlari, nizomi, markaz kengashi qarorlari, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi
ishlarni samarali tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatasi
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi
vazirligi va hududiy markazning qayta tayyorlash va malaka oshirishga oid buyruqlari, bo‘lim bosh
mutaxassisi tomonidan bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib
boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish direktor buyrug‘i bilan qonunchilikda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim sifati nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
bo‘lim xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga yuklatilgan vazifalar ijrosini
nazorat qilish;
hududiy pedagog xodimlarining malaka oshirish davriyligini hamda malaka oshirishga
bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab borish;
hududiy markazda tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo‘yicha malaka
oshirishga qo‘yilgan malaka talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida ta’lim
samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
hududiy markaz professor-o‘qituvchilari, xodimlari faoliyati reytingini va mehnat
samaradorligini aniqlash hamda tegishli takliflar ishlab chiqish;
malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, ta’lim
jarayoni sifatini baholash monitoringini amalga oshirish;
rahbar va mutaxassis xodimlarning o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil
qilish va boshqarishni nazorat qilish hamda ta’lim sifatini baholash ishlarini tashkil qilish;
malaka oshirish kurslari mazmuni, sifati bo‘yicha so‘rovnomalar olish;
so‘rovnoma natijalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilari reytingini aniqlash;
aniqlangan bo‘shliqlar va kamchiliklar bo‘yicha kafedra va bo‘limlar yordamida amaliy
seminar tashkil etish;
xulosalar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
qayta tayyorlash kurslari davomati va ta’lim sifatini nazorat qilish;
bitiruv ishlari tayyorlanishi jarayonini nazorat qilish;
davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatini shaffof o‘tkazilishini nazorat qilish;
qayta tayyorlov kurslari dars beradigan professor-o‘qituvchilarini so‘rovnomalar orqali ta’lim
sifatini nazorat qilish va monitoringini o‘tkazib, markaz rahbariyatiga taqdim qilish;
diplomlarni qayd qilish kitoblari va boshqa m e’yoriy hujjatlarni to‘g ‘ri rasmiylashtirishni
nazorat qilish;
viloyat umumta’lim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”
tadbirlarini talab darajasida tashkil etilishini nazorat qilish;
tadbirlar o‘quv yili yakunida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”
tadbirlarini joriy etish ishchi guruh mas’ullarining hisobotlarini qabul qilish;
kurs bitiruvchilari orasida maxsus tuzilgan anonim anketa so‘rovlari asosida ta’lim sifatini
tahlil qilish, natijalari haqida ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;
umumiy o ‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish
kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etish;
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini malakasini oshirish muammolari
bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlarda
qatnashish;
o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va
mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi
kompyuter texnikalari bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalarida hamda maxsus platformada tashkil
qilishni nazorat qilish;
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i markazning o‘quv jarayonini boshqarish, ular
faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘iga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Ta’lim sifati nazorati bo‘limining bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi

bo‘limi boshlig‘i ta’tilda, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan davrda
vaqtincha uning vazifalarini bajaradi;
hujjatlarining yuritilishi, sifatli saqlanishi hamda hujjatlaming ijrosini o‘z vaqtida ta’minlaydi;
yillik va istiqbol ish rejasini ishlab chiqishni ta’minlaydi va uni bajarilishining monitoringini
olib boradi;
ommaviy axborot vositalari, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa joylarda ma’ruzalar, asosli
takliflar bilan ishtirok etadi;
bo‘lim faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi