{"id":13751,"date":"2026-05-19T13:56:03","date_gmt":"2026-05-19T09:56:03","guid":{"rendered":"https:\/\/navoiymoi.uz\/?p=13751"},"modified":"2026-05-19T13:56:03","modified_gmt":"2026-05-19T09:56:03","slug":"xalqaro-tajriba-maydonida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/navoiymoi.uz\/?p=13751","title":{"rendered":"XALQARO TAJRIBA MAYDONIDA"},"content":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda ta\u2019lim tizimini tubdan takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishtirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishlarda ta\u2019lim sifati, o\u2018qituvchilar malakasi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilab kelinmoqda.<\/p>\n<p>Ana shu ezgu maqsadlar doirasida 2026-yil may oyida yurtimizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar Fransiyaning mashhur Nitssa shahrida joylashgan Frankofoniya til markazida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish va tajriba almashish dasturida ishtirok etish uchun yuborildi.<\/p>\n<p>Quvonarlisi, mazkur nufuzli dasturda Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi pedagogi G\u2018ayrat Tojiyev ham munosib ishtirok etmoqda. U xalqaro darajadagi mutaxassislar bilan birgalikda ta\u2019limning zamonaviy tendensiyalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, samarali o\u2018qitish usullari hamda o\u2018quvchilar bilan ishlashning yangi yondashuvlarini o\u2018rganmoqda.<\/p>\n<p>Malaka oshirish jarayonida ishtirokchilar uchun intensiv dars mashg\u2018ulotlari, amaliy treninglar, mahorat darslari va interaktiv seminarlar tashkil etilgan. Mashg\u2018ulotlar davomida pedagoglarning kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda kreativ fikrlashni rivojlantirish, ta\u2019lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ko\u2018nikmalarini shakllantirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, dastur doirasida madaniy-ma\u2019rifiy yo\u2018nalishdagi tadbirlar ham tashkil etilgan bo\u2018lib, ular ishtirokchilarda katta qiziqish uyg\u2018otmoqda. Xususan, Frankofoniya til markazi asoschisi va direktori Yan Librati boshchiligida o\u2018tkazilayotgan \u201cochiq osmon ostidagi ma\u2019ruzalar\u201d pedagoglarga Fransiyaning boy tarixi, madaniyati, milliy an\u2019analari hamda fransuz tilining shakllanish bosqichlari haqida bevosita ma\u2019lumot olish imkonini bermoqda.<\/p>\n<p>Nitssa shahri hamda uning atrofidagi tarixiy va madaniy maskanlarga uyushtirilgan ekskursiyalar davomida ishtirokchilar Yevropa ta\u2019lim muhiti, ijtimoiy hayot tarzi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishmoqda. Bu esa pedagoglarning nafaqat kasbiy, balki shaxsiy dunyoqarashini ham kengaytirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Ayniqsa, xalqaro muhitda o\u2018quv jarayonlarida ishtirok etish, xorijlik mutaxassislar bilan fikr almashish va turli mamlakatlar ta\u2019lim tajribalarini taqqoslash pedagoglar uchun muhim amaliy maktab vazifasini o\u2018tamoqda.<\/p>\n<p>Bugun ta\u2019lim sohasida raqobatbardosh va zamonaviy bilimga ega pedagog kadrlarni tayyorlash davr talabi hisoblanadi. Shu ma\u2019noda, bunday xalqaro malaka oshirish dasturlari pedagoglarning tajribasini boyitish, ta\u2019lim jarayoniga ilg\u2018or g\u2018oya va texnologiyalarni olib kirish hamda hududlarda ta\u2019lim sifatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Shubhasiz, Fransiyada orttirilayotgan bilim va tajribalar kelgusida Navoiy viloyati ta\u2019lim tizimi rivojiga munosib hissa bo\u2018lib qo\u2018shiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda ta\u2019lim tizimini tubdan takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishtirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishlarda ta\u2019lim sifati, o\u2018qituvchilar malakasi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilab kelinmoqda. Ana shu ezgu maqsadlar doirasida 2026-yil may oyida yurtimizning turli hududlarida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":13752,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13751"}],"collection":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=13751"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13751\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13754,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13751\/revisions\/13754"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/13752"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=13751"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=13751"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=13751"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}