{"id":13374,"date":"2026-01-06T08:49:03","date_gmt":"2026-01-06T04:49:03","guid":{"rendered":"https:\/\/navoiymoi.uz\/?p=13374"},"modified":"2026-01-06T08:49:03","modified_gmt":"2026-01-06T04:49:03","slug":"yuksak-jamiyat-sari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/navoiymoi.uz\/?p=13374","title":{"rendered":"YUKSAK JAMIYAT SARI"},"content":{"rendered":"<p dir=\"auto\">Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan murojaatnomada mamlakat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirishga oid yirik tashabbuslar ilgari surildi hamda kelgusi yillardagi eng muhim vazifalar yuzasidan rejalar taqdim etildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Davlatimiz Rahbari tashabbusiga ko\u2018ra, 2026-yilning \u201cMahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili\u201d deb e&#8217;lon qilinishi ham mahallaning jamiyatdagi o\u2018rni, undagi o\u2018zaro yordam va vakilliklarning muhimligi, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda aholining birlashishi va yakdillikda harakat qilishi hamda bunday yo\u2018nalishlarning hayotga ta\u2019sirini yanada kuchaytirishi shubhasiz.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Murojaatnomada keltirilgan 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yo\u02bbnalishdan iborat dastur haqida atroflicha to\u02bbxtalib o\u02bbtsak.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>1.Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O\u02bbzbekiston qiyofasini olib kirish.<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo\u02bbl, suv, elektr va transport ta\u02bcminoti, bog\u02bbcha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi. Shu bois mahalla tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bblib kelgan va shunday bo\u02bblib qoladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali biz mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go\u02bbzal va obod qilish borasidagi ishlarni davom ettiramiz.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>2. Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o\u02bbsish modeliga o\u02bbtkazish.<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda faqat yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaradigan davlatlargina dunyo bozorida o\u02bbz o\u02bbrniga ega bo\u02bblmoqda. Shuning uchun iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish \u2013 kelgusida islohotlarimizning bosh mezoni bo\u02bbladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oshirish uchun eng to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl \u2013 barcha sohalarni texnologik va innovatsion o\u02bbsish modeliga o\u02bbtkazishdir. Bu \u2013 kelgusi yillarda iqtisodiy taraqqiyot strategiyamizning asosiy yo\u02bbnalishi bo\u02bbladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yurtimizdagi qulay biznes muhiti, demografik o\u02bbsish, inson kapitaliga berilayotgan e\u02bctibor \u2013 O\u02bbzbekistonni investorlar uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Har bir kelishuvni loyihaga aylantirish, sarmoyalarni qisqa fursatda jalb qilish va ularning samaradorligiga mas\u02bcul, faqat va faqat investitsiya bilan ishlaydigan alohida yangi tizim tashkil etiladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Bundan tashqari, mahalliy sanoat va kooperatsiyani rivojlantirish bo\u02bbyicha ham xuddi shunday alohida tizimni yo\u02bblga qo\u02bbyish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Umuman, iqtisodiyotni raqobatdosh qilish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, sanoat tarmoqlarini texnologik transformatsiya qilish mutlaqo yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Buning uchun Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari faoliyati tubdan qayta ko\u02bbrib chiqiladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u00a0\u201cTo\u02bbrtinchi sanoat inqilobi markazi\u201d tashkil etiladi. Markaz negizida robototexnika, internet buyumlari, \u201caqlli\u201d fabrika kabi \u201cIndustriya 4.0\u201d yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun \u201ctartibga solish mexanizmi\u201d yaratiladi. Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o\u02bbtkazish imkoniga ega bo\u02bbladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Sun\u02bciy intellekt bilan yonma-yon yuradigan kosmik sohadagi tadqiqotlarni rivojlantirish, yo\u02bbldoshli aloqa texnologiyalarini joriy etish borasida ham katta qadamlar tashlandi. Bu borada 2028-yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressini o\u02bbtkazishga puxta tayyorgarlik ko\u02bbrilyapti.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>3. Ichki bozorda talabni rag\u02bbbatlantirish<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Bozorlarimizdagi to\u02bbkinlik, narx-navo barqarorligi, aholining iste\u02bcmol talabi ortib borayotgani \u2013 turmush sifati yaxshilanayotganini ko\u02bbrsatadigan eng asosiy omil.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ichki talabni rag\u02bbbatlantiradigan muhim faktorlardan biri, bu \u2013 inflyatsiya darajasidir.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Respublikada to\u02bbqqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilib, tovar va xizmatlar hajmi va turi ko\u02bbpaytirildi; aholi daromadli qilinib, kambag\u02bballik keskin qisqardi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>4. Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish\u00a0<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun\u02bciy intellekt ta\u02bcsirida dunyoda ish o\u02bbrinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o\u02bbzgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to\u02bbliq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo\u02bbyicha esa yangi malakalar talab qilinadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Sanoatda \u2013 avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada \u2013 aqlli texnologiyalar, transportda \u2013\u00a0intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bormoqda.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Endi mamlakatimizning mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida \u2013 kasb, malaka, texnologiya va ta\u02bclimni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlaydi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Mutaxassislarning fikricha, bolada biror-bir kasbga qiziqish 7-sinfdan boshlanib, qaysi kasbni tanlashi 9-sinfda to\u02bbliq ma\u02bclum bo\u02bbladi. Shu bois 9-sinf bitiruvchilarini fanlarni o\u02bbzlashtirishi va kasbiy qiziqishiga qarab saralab olish tizimi joriy qilinadi. Bunda oliygohlarga kirish istagida bo\u02bblmagan yoshlar texnikumlarga yuboriladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo\u02bbyicha besh yillik dastur tasdiqlandi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg\u02bbor kasbiy mahorat texnikumi va \u201cKasblar shaharchasi\u201d faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Bunda Ilg\u02bbor kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, \u201cKasblar shaharchasi\u201d \u2013 maktab o\u02bbquvchilarini qurilish, servis, qishloq xo\u02bbjaligi, sanoat, transport, \u201cyashil\u201d energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo\u02bbnaltirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>5.Ekologik muvozanatni ta\u02bcminlash, \u201cyashil\u201d energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish\u00a0<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Kelgusi yili Samarqandda Global ekologik jamg\u02bbarmaning navbatdagi assambleyasi va Markaziy Osiyo xalqaro ekoko\u02bbrgazmasi o\u02bbtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar tarmoqlar, hududlar va biznes uchun hamkorlar topish, yangi ekoloyihalarni birgalikda boshlashga katta imkoniyat yaratadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Shaharlarimizdagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu bois dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab, ekologik stikerlar tizimi joriy etiladi. Katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o\u02bbrnatish uchun davlat tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlash choralari ko\u02bbriladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Buning uchun alohida Jamg\u02bbarma tashkil qilinadi. Eski mashinasini almashtiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr o\u02bbrnatib, zararni kamaytirishga tayyor bo\u02bblgan haydovchilar uchun xarajatlarining bir qismi bo\u02bbyicha subsidiya ajratiladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Chang-to\u02bbzonlarning oldini olish uchun Qoraqalpog\u02bbiston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Har bir hududda botanika va dendrologiya bog\u02bblari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko\u02bbchalari barpo qilinadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard so\u02bbm yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>6. Zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar\u00a0<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi. Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari; 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari; 200 ta ma\u02bclumot bazasi va axborot tizimi; 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Platformaga kelib tushgan murojaatlar, ularni ijrochilarga taqsimlash va ko\u02bbrib chiqish muddatini nazorat qilish sun\u02bciy intellekt orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Sodda qilib aytganda, mahalladan tortib respublika darajasida hal bo\u02bbladigan har bir masalaning ijrochisi, muddati, resursi bir joyda ko\u02bbrinib turadi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko\u02bbrsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratiladi. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko\u02bbrsatish tizimi rivojlantiriladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Bundan kelib chiqib, jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma\u02bcnaviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda, deya baralla aytishimiz mumkin. Bu sharafli yo\u2018lda barchamiz Hurmatli Prezidentimizga kamarbasta bo\u2018lmog\u2018imiz\u00a0maqsadga muvofiqdir. Zero har bir islohot negizida inson qadrini yuksaltirish masalasi yotibdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Dilyara Tuxfatullina,<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori o\u2018rinbosari<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan murojaatnomada mamlakat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirishga oid yirik tashabbuslar ilgari surildi hamda kelgusi yillardagi eng muhim vazifalar yuzasidan rejalar taqdim etildi. Davlatimiz Rahbari tashabbusiga ko\u2018ra, 2026-yilning \u201cMahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili\u201d deb e&#8217;lon qilinishi ham mahallaning jamiyatdagi o\u2018rni, undagi o\u2018zaro yordam va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":13375,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13374"}],"collection":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=13374"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13374\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13377,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/13374\/revisions\/13377"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/13375"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=13374"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=13374"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/navoiymoi.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=13374"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}