YAGONASAN, MUSTAQIL VATAN

Navoiy viloyat XTXQTMOI da joriy yilning 15-sentyabr kuni institut targ‘ibot guruhi tomonidan sentyabr oyida tashkil qilingan “Geografiya fani o‘qituvchilari” hamda “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchilari” kurslari tinglovchilari ishtirokida  “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida, “Yagonasan, mustaqil Vatan” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Navoiy Akademik letsey katta o‘qituvchisi F.Adizova “O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida” mavzusida ma’ruza qildi.

Sog‘lom tanda – sog‘lom aql!

Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2017-yil  14-sentyabr kuni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bag‘ishlab  “Insonning sog‘lom hayot kechirishida jismoniy tarbiyaning o‘rni va ahamiyati” mavzusida sport musoboqasi “Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari” va “Musiqa fani o‘qituvchilari” kurslari tinglovchilari o‘rtasida  bo‘lib o‘tdi.

MUSTAQILLIK ME`MORI

Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2017-yil  2-sentyabr kuni Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqillik me’mori” mavzusida xotira darsi bo‘lib o‘tdi.

Ta‘lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va interaktiv axborot texnologiyalarni tadbiq etish istiqbollari

Navoiy viloyat xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2017-yil 31-avgust kuni  “Ta‘lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va interaktiv axborot texnologiyalarni tadbiq etish istiqbollari” mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminarida umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent E.Cho‘liyev ma’ruza qildi.

Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini sifatli tashkil etish

Navoiy viloyat XTXQTMOIda joriy yilning 25 avgust kuni dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan “Uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini sifatli tashkil etish” mavzusidagi yig‘ilish institut rektori F.Ro‘ziqulov rahbarligida bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va pedagog-xodimlar ishtirok etishdi.

Institut rektori F.Ro‘ziqulov – mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga qizg‘in hozirlik ko‘rilayotgani, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim tizimidagi bugungi yangilanish va o‘zgarishlarga mos tarzda kechayotgan taraddud hech bir kishini  befarq qoldirmayotgani, 11 yillik ta’limning joriy etilayotgani, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor, sa’y-harakatlar zamirida farzandlarimizni har jihatdan yetuk, baxtli-saodatli bo‘lib kamol topishlarini ta’minlashdek ulug‘vor maqsad mujassamlanganligi to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi.