DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Masofaviy ta’lim markazi

MASOFADAN O‘QITISHNI HUDUDIY MUVOFIQLASHTIRISH MARKAZI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo‘lib, o‘qituvchilarning uzluksiz malaka oshirishi tizimida mustaqil o‘qishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion texnologiyalar to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan bugungi kunda o‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy munosabatda bo‘lishi, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or metodlarini muntazam o‘rganib borishi va amaliyotga joriy etishi bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Davlatimiz tomonidan ta’lim jarayonini axborotlashtirish hamda o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli hamda 2007-yil 30-iyundagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasining “Texnik iqtisodiy hisoblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 134-sonli qarorlari asosida amalga oshirilgan UZB-1961 “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida umumta’lim maktab o‘qituvchilarini masofadan o‘qitish orqali malakalarini oshirish tizimini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash vazifalari belgilangan.
Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish instituti huzurida Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi tarkibida hududlar bo‘yicha 5 ta masofadan o‘qitish ta’lim resurs  markazilari tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-iyundagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida masofadan malaka oshirish uchun kompyuter texnikalari, mebel-jihozlar va fizika, kimyo, biologiya fanlaridan o‘quv labaratoriya asbob-uskunalari, ingliz tilidan kopyuterlashtirilgan lingafon labaratoriyasi bilan ta’minlangan.

Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006- yil 16-fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-son hamda 2014-yil 15-avgustdagi “Xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 234-son qarorlariga asosan Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 10-dekabrdagi 281-sonli “Xalq ta’limi xodimlarining malakasini masofaviy ta’lim shaklini qo‘llagan holda oshirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta`limi xodimlarining masofadan malakasini oshirish to‘g‘risida nizom” asosida faoliyat olib boradi.

Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazida malaka oshirish maqsadini ro‘yobga chiqarish, tinglovchilarning kasbiy bilim va  ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish jarayoniga masofadan o‘qitish texnologiyalari integratsiyalashtirilgan ta`lim shakli-xalq ta’limi xodimlarining masofadan malakasini oshirishni samarali tashkil etish maqsadida 2017-o‘quv yilida MT 99 “Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari”, MT 110 “Boshlang‘ich ta`lim o‘qituvchilari”, MT 111 “Ximiya fani o‘qituvchilari”, MT 112 “Biologiya fani o‘qituvchilari”, MT 113 “Geografiya fani o‘qituvchilari”, MT 114 “Fizika fani o‘qituvchilari”, MT 115 “Matematika fani o‘qituvchilari”, MT 117 “Informatika fani o‘qituvchilari”, MT 107 “Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflar)” va MT 122 “Mehnat ta’limi o‘qituvchilari” malaka toifalarida masofadan malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMIning MO‘RM orqali “MOODLLE–modullarga asoslangan obektga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti” nomli o‘qitishni boshqarish tizimida institutda joriy yilning yanvar oyida A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMIning MO‘RM tomonidan “MOODLLE –modullarga asoslangan obektga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti” nomli o‘qitishni boshqarish tizimida masofa.uz va avloniymtrk.uz oprtallariga mazkur kurslarning o‘quv-metodik ashyolari (kurs bo‘yicha yo‘riqnoma, o‘quv qo‘llanmalari, yakka tartibdagi topshiriqlar, malakaviy  ishlarni bajarish  bo‘yicha  tavsiyalar, elektron multimediya darsliklar va qo‘llanmalar, shuningdek boshqa zarur o‘quv-metodik materiallar jamlamasi) joylangan kurs keysi joylashtirildi.
Axborot-texnologiyalardan foydalanib o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda kompyuter texnologiyalari bo‘yicha mukammal bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning o‘rni va salmog‘i katta bo‘ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydashnish masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun o‘qituvchi-xodimlarning tayyorgarligi va layoqati darajasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va tyutorlikka tanlangan professor-o‘qituvchilar va tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limilarning malaka oshirish masalalariga mas’ul metodistlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.