MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM KAFEDRASI

   Kafedra 2009 – yilda tashkil etilgan. 2015-yil dekebrdan boshlab, kafedra  mudiri lavozimida M.Bozorova  rahbarlik qiladi. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi:  „Mаktаbgаchа, bоshlаng‘ich va maxsus tа’lim” – tizimida Pedagogik faoliyat jarayonlarini zamonaviy tarzda tashkil etishning qulay shart-sharoitlari“  deb nomlanadi. Kafedrada jami 5 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi, jumladan  2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar o’qituvchilar faoliyat olib borishadi.

I. O‘QUV ISHLARI

 Kafedraning umumiy o‘quv yuklamasi 5568 soatni tashkil etadi. Kafеdra profеssor-o‘qituvchilari tomonidan 2016-yil yanvar oyida o‘quv yili uchun Boshlang`ich ta`lim o‘qitish metodikasi, Maktabgacha ta`lim metodikasidan o‘quv-rеja dastur, ishchi dastur, shu asosida ma’ruza matnlari, barcha toifadagi kurslar uchun malaka ishlari, tеstlar to‘plamining yangi varianti tayyorlab faoliyat jarayonlariga tadbiq etib kelinmoqda. Tayyorlangan tеstlar kompyutеr va disklarga tushirilib taqdim etilgan.

II. LMIY- METODIK ISHLAR

  Kafedrada mashg‘ulotlarni mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori ilmiy-metodik, ma‘naviy, madaniy saviyada o‘tishni ta’minlash  yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra o‘qituvchilari o’zlarining ilmiy-metodik saviyalarini uzluksiz ravishda oshirib va pedagogik mahoratlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradilar.  Shumaqsadda- ular  ilg‘or pedagogik tajribalarni doimiy ravishda o‘rganadilar, umumlashtiradilar va targ‘ib qiladilar.miy-metodik masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib  boradilarlar, tinglovchilarning mustaqilbilim olishlarini tashkil etishda zaruriy yordam ko‘rsatadilar.

 Kafedra folyatiga doir masalalarini hal etishda, kafedra majlislarida  faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada ilmiy-metodik ishslar yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib o‘qituvchilarimiz tamonidan ijodiy yondashilmoqda.

III. ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

       Kafеdra professor-o‘qituvchilari  tomonidan joriy o‘quv yilida 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, OAK tasarrufidagi jurnallar, “Maktabgacha ta‘lim”, ”Boshlang‘ich ta‘lim”, “Xalq ta‘limi”  “Ma‘rifat”gazetasi, respublika  ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami, viloyat XTBning “Qalb qiyoshi” jurnali, viloyat XTBning “Ziyokor sadosi”  hamda viloyatning “Do‘stlik bayrog‘i” gazetalarida e’lon qilinib kelinmoqda.

IV. Tashkily-metodik ishlar.

     Xalq ta‘limi tizimida zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida institutda mutaxassis professor-o‘qituvchilar tomonidan AKTdan tashkil etilgan darslarga, shuning  bilan birgalikda chet tillarini o‘rganish yuzasidan tashkil etilayotgan darslarga kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda qatnashib o‘z bilim va tajribalarini oshirib, tashkiliy-metodik ishlarda faol qatnashmoqdalar.

V. MA’NAVIY-MA‘RIFIY ISHLAR

        Matabgacha va boshlang‘ich ta‘lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarga alohida e‘tibor qaratilgan.  Jumladan:  Ma’naviyat haftaliklari”ni 2015-yil davomida o‘tkazish reja jadvalida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash hamda 2015-yil davomida institutda “Ma‘naviyat haftaliklar”ini o‘z vaqtida o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2013-yil 18-yanvardagi “O‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim muassasalarida yoshlarni “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 19-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida chora-tadbirlar rеjasiga asosan  ishlar tashkil etilmoqda.

      Kafedra professor – o‘qituvchilari kurs tinglovchilari bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol  ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning barcha kurs mas`ullari kurs tinglovchilari bilan kurs oxirida Qosim Shayx, Orif Dehgaroniy, Mir Said Bahrom kabi tarixiy joylarga sayohatlar  tashkil etib kelmoqda. 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kunini nishonlash tadbirida kurs tinglovchilari  faol ishtirok etishdi . Kafedra professor – o‘qituvchilari g‘azal mulkining sultoni Alisher. Navoiy, Zahridin. Muhammad. Bobur tavallud togan kunlarni nishonlash tadbiriga ham ishtirok etishdi. “O‘zbegim ayoli-jamiyatning faol a‘zosi”  “Ayol borkiy-olam munavvar”  8-mart Xolqora xotin-qizlar kuni bayramini nishonlash maqsadida kurslarga davra suhbatlari,bayram tadbirlari olib borildi. Shuning bilan birgalikda kafedira tamonidan institut miqyosida “Sumalak sayli” tadbiri ham olib borildi.