DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

IJTIMОIY-IQTISODIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI

    

“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi 2001-yilda tashkil topgan. Kаfеdrа mudiri  lavozimida Pulatov Jaxongir Nazirovich faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada  7 nafar  professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Shulardan 1 nafar professor, 1 nafar falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi bo‘lib,  ilmiy salohiyat  35 %ni tashkil etadi.

Kаfеdrаning ilmiy-tadqiqot mavzusi: “Ijtimоiy fаnlаrni o‘qitishdа ilg‘оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnishning mеtоdоlоgik аsоslаri”.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  1. Pulatov Jahongir Nazirovich – kafedra mudiri, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  2. Safarova Nigora Olimovna – falsafa fanlari doktori, professor
  3. Karimova Dilfuza Abduqayumovna – katta o‘qituvchi
  4. Fayziyeva  Feruza  Ismatillayevna -katta o‘qituvchi
  5. Muhammadiyeva Laziza Nizomovna -o‘qituvchi
  6. Boboyorov Shuhrat Suvonqulovich -o‘qituvchi
  7. Shadiyev Begzod Mirsalimovich – o‘qituvchi

 

ILMIY-METODIK  ISHLAR

       Tarix, TarbiyaDavlat va huquq asoslari,  Iqtisodiy bilim asoslari, ARM xodimlari  kurslari tinglovchilari uchun o‘quv ishchi  reja va dastur, o‘quv metodik majmua, ma’ruza matnlari yangilandi. Tarbiya fani kurs tinglovchilari ishtirokidaTarbiya fanining hayot bilan aloqadorligi, ularning mazmun mohiyati” mavzusida hamda  Tarix  kursi tinglovchilari bilan Yangi Ozbekiston tarixini organishning dolzarb masalalari mavzusida ochiq darslar tashkil etildi. Tarbiya, Tarix, Davlat va huquq asoslari fanlari o‘qituvchilari uchun dars ishlanmalar va metodik ko‘rsatmalar tayyorlandi. Iqtisodiy bilim asoslari  fanidan “Iqtisod darslarida  masala va mashqlar yechish  metodikasi”  nomli o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

OAK e’tirof etgan jurnallarda 15 ta maqola, Xalqaro  miqyosidagi jurnallar va konferensiyalarda – 20 ta maqola,  Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya va tezislarda 100 gyaqin  maqola chop etildi.                          

                                    

  MA’NAVIY – MA’RIFIY  ISHLAR

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari va Navoiy viloyat ixtisoslashgan prokuraturasi hamkorligida Davlat va huquq asoslari kursi tinglovchilari ishtirokida “Yuksak huquqiy madaniyat – qonun ustuvorligining garovi”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatda Inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga oid ma’lumotlar berildi.

21- mart qadimiy  va  azaliy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami munosabati bilan “Hech kim mehr, e’tibor va nazoratdan chetda qolmasin” shiori ostida yakka yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning ko‘ngliga haqiqiy bayram kayfiyati ulashildi.

Ushbu yilda biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga bag`ishlangan “Amir Temur – milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz siymosi” mavzusida   Tarix kurs tinglovchilari ishtirokida o‘tkazilgan adabiy – badiiy kechada Amir Temur hayoti o‘zida aks etgan sahna ko‘rinishilari, bobomiz o‘gitlari, Sohibqiron hayotini aks ettiradigan she’rlar tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.