DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!
uz

MUTAXASSISLIKLAR BO‘YICHA BO‘SH O‘RINLARGA TANLOV

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil  3-oktabrdagi PF-5843-son Farmoni, Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 18-noyabrdagi 272-sonli, 2021-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrug‘lari talablariga muvofiq Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘sh o‘rinlarga tanlov e’lon qiladi.

T/r Tarkibiy bo‘linmalar va lavozimlar nomi Shtat birliklari soni Oylik maosh miqdori
1 Matbuot kotibi 1,0 Shtat jadvali asosida
O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi
2 Bosh mutaxassis 1,0 Shtat jadvali asosida
3 Uslubchi 1,0 Shtat jadvali asosida
AKT va texnik ta’minot bo‘limi
4 Bo‘lim boshligְi 1,0 Shtat jadvali asosida
5 Bosh mutaxassis 1,0 Shtat jadvali asosida
Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi
6 Bo‘lim boshligְi 1,0 Shtat jadvali asosida
7 Uslubchi 1,0 Shtat jadvali asosida
Axborot – resurs markazi
8 Bosh mutaxassis 1,0 Shtat jadvali asosida
Kadrlar bo‘limi
9 Bosh mutaxassis 1,0 Shtat jadvali asosida
Devonxona va arxiv
10 Mudir 1,0 Shtat jadvali asosida
11 Uslubchi 1,0 Shtat jadvali asosida

 

Tanlovda qatnashish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • hududiy markaz direktori nomiga ariza;
  • kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (tarjimai hol va surovnoma);
  • ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi;
  • 4×6 o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
  • pasport nusxasi.

Hujjatlarni qabul qilish tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun davom etadi.

Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko‘chasi, 41-A uy.

Telefon: 79-532-17-13.