AVGUST KENGASHI-2020

Joriy yilning 18-19-avgust kunlari Navoiy viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablarining AVGUST KENGASHI-2020 anjumaniSen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori asosida ZOOM platformasida o‘tkazildi.

Anjumanda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.R.Ulug‘berdiyev, Navoiy viloyati XTXQTMO hududiy markazi direktori F.R.Ro‘ziqulov, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘lim boshliqlari, maktab o‘qituvchilari va hududiy markaz professor-o‘qituvchilari ishlirok etdilar.

Anjuman yalpi yig‘ilishida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.R.Ulug‘berdiyev “2020-2021 o‘quv yilidagi vazifalar va tizim istiqbollari” mavzusida, Navoiy viloyati XTXQTMO hududiy markazi direktor o‘rinbosari A.M.Pulotov “Uzluksiz malaka oshirish tizimi asosida o‘qituvchilar kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman davomida o‘quvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish, variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejani izchil amaliyotga tatbiq etish, PISA xalqaro tadqiqotlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish kabi muhim vazifalar belgilandi.