“Obod yurt” umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

“Navro‘z” umumxalq baramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etish, obodonlashtirish va yerlarni ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2020-yil 14 mart kuni Hududiy markazda “Obod yurt” xayriya hashari o‘tkazildi.

Mazkur xayriya hashari davomida Hududiy markaz binolari, ular atrofidagi ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirilib, binolar artofida gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekildi hamda daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.