“Navoiyxonlik oyligi” doirasida insholar tanlovi

Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida  “Navoiyxonlik oyligi “ doirasida insholar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlovda Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq “Navoiyning ma’naviy merosi-ezgu fazilatlarning betakror timsoli”, “Alisher Navoiy ijodi-tarbiya maktabi”, “Navoiy-ilm-fan homiysi” mavzulari asosida   tinglovchilar orasida tashkil qilindi.  Tanlovda Ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari kursi, Ingliz tili o‘qituvchilari kursi, Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kursi, Informatika fani o‘qituvchilari kursi va boshqa kurs tinglovchilari qatnashdilar.