Karmana tumani maktablarida “Metodik yordam kuni” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 4-iyuldagi 144-sonli, 2014-yil 19-dekabrdagi 346-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash, “Umumiy o‘rta ta’lim  maktablarida “Dars muqaddas” tadbiri, Xalq ta’limi vazirligining “O‘rgan-o‘rgat”, “Uzluksiz-uzviy”, “Yaxshi muallim sifatli ta’lim” tavsiyalarini amalga oshirish, ta’lim muassasalariga metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada yaxshilash, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 21-,25-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Metodik yordam kuni” joriy yilning 10-dekabr kuni Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Metodik xizmat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Tashrif davomida maktabning ta’lim holati barcha o‘qitiladigan fanlar kesimida chuqur tahlil qilindi, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha faoliyati o‘rganildi, maktab pedagog xodimlari bilan maktabdagi mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida amaliy suhbat o‘tkazildi.

“Metodik yordam kuni” dan olingan xulosa va natijalarni barcha o‘qituvchilarga yetkazib berilishini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor berildi.