TA’LIMDA INNOVATSIYALAR, INVESTITSIYALAR VA INTELLEKTUAL SALOHIYAT: MUAMMOLAR, TAHLILLAR VA ISTIQBOLLAR

Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2019-yil 30-noyabr kuni “Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiya ta’lim tizimida innovatsiyalar va investitsiyalarni keng joriy etish, shuningdek  chet tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini o‘qitish borasidagi tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirishga qo‘shilgan muhim hissa hisoblanadi.

Konferensiyada uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib borayotgan mutaxassis-olimlar, mustaqil izlanuvchilar ilmiy-nazariy izlanishlarining amaliy tadbiqlari borasidagi tajribali maktab o‘qituvchilarining taklif va tavsiyalari, umumta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ta’lim tizimiga investitsiyalarni keng tadbiq qilish va intellektual salohiyatni yanada yuksaltirish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ta’lim, ilmiy tadqiqot, moddiy texnika baza, moliyaviy, xalqaro aloqalar va boshqaruv faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish va takomillashtirish hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi asosida belgilangan vazifalar doirasida bajarilayotgan izlanishlarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosidagi ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya davomida ta’lim-tarbiya jarayonlariga investitsiyalarni keng tadbiq qilish va intellektual salohiyatni yanada yuksaltirish, PISA, TIMSS, PIRLS, STEAM  xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktabalarida bilim sifatlarini yuqori ko‘tarish maqsadida alohida reja va dastur tuzish va uni amalda qo‘llash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish usullari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi. Kun davomida konferensiya ishtirokchilari ta’lim tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy ishlar natijalarini tahlil etish va uni tatbiq etish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya berish jarayoniga innovatsiyalarni keng joriy etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida taklif etilgan ilmiy-metodik ishlarning multimediali ishlanmalari tayyorlanib, ta’lim muassasalariga yetkazib berilishi va ommalashtirilishi kelishib olindi.