Til – millat ma’naviyatining muqaddas timsoli

Zarafshon shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabida Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamkorligida “Til – millat ma’naviyatining muqaddas timsoli” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘ulomova Nargiza Sa’dullayevna “Muqaddasim, munavvarim – ona tlim!” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.