Til-millatning ruhi!

Navoiy viloyat XTXQTMO hududiy markazida 2019-yil  21-oktyabr kuni “Til-millatning ruhi!” mavzusida  O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda markazning professor-o‘qituvchilari, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari kursi tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar ona tilimizga  bugungi kundagi e’tibor, undagi jozibadorlik, ajdodlarimiz tomonidan tilimizga berilgan ta’rifu-tavsiflarni  bayon etib, tinglovchilar bilan chin dildan suhbatlashdilar.

Tadbir so‘ngida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari kursi tinglovchilari tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, qo‘shiqlar ijro etildi.