Malaka oshirish va oliy ta’lim hamkorligi doirasida

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Navoiy viloyat XTXQTMO hududiy markazi  “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Olim Omonovich Suvonov, kafedra dotsenti Erkin Amonovich Cho‘liyev, hamda markazning “Ilg‘or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Muxsin  Amonovlar Surxondaryo viloyati XTXQTMO hududiy markazida bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitilishida Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va AKTlaridan samarali foydalanish doirasida tajriba almashdilar.

Mutaxassis-pedagoglar, shuningdek, Termiz davlat universitetining Amaliy matematika fakultetida bo‘lib, “Amaliy matematika va informatika”  kafedrasining “Matematik modellashtirish va hisoblash tajribalari” ilmiy seminarida qatnashib, o‘zlarining nazariy tadqiqotlari natijalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar qildilar. Ilmiy seminarda SamDU Amaliy matematika fakultetiti “Matematik modellashtirish” kafedrasi mudiri – fizika-matematika fanlari doktori, professor Baxtiyor Xujayorov, kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi Erkin O‘rinboyev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Amaliy dasturiy ta’minot” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Abdug‘ani Ne’matovlar hamda TerDUning mutaxassis-olimlari va yuqori kurs talabalari qatnashdilar.