Zarafshon shahri maktablarida “Metodik yordam kuni” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 4-iyuldagi 144-sonli, 2014-yil 19-dekabrdagi 346-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash, “Umumiy o‘rta ta’lim  maktablarida “Dars muqaddas” tadbiri, Xalq ta’limi vazirligining “O‘rgan-o‘rgat”, “Uzluksiz-uzviy”, “Yaxshi muallim sifatli ta’lim” tavsiyalarini amalga oshirish, ta’lim muassasalariga metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada yaxshilash, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 5-, 9- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Metodik yordam kuni” joriy yilning 24-sentyabr kuni Navoiy Viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  va Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda  tashkil qilindi.

“Metodik yordam kuni”ni tashkil qilish jarayonida:

– mazkur tayanch maktablarga yaqin bo‘lgan maktablarning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini ishtirok etishni ta’minlash;

– mazkur maktablarda o‘qituvchilar tomonidan “Dars-muqaddas” tamoyillari asosida, uzluksiz malaka oshirishning “Ustoz-shogird” tizimida ochiq darslarni o‘tib berishni tashkil etish;

– barcha metodistlarni “Metodik yordam kuni” ni o‘tkaziladigan maktablarga amaliy metodik yordam ko‘rsatishlarini tashkil etish;

– Darslarni  birgalikda taxlil etish, DTS talablarini  bajarishda  o‘quvchilar  bilimida  aniqlangan  bo‘shliqlarni to‘ldirish va murakkab mavzulari ustida  ishlash bo‘yicha  o‘zaro fikr almashish (davra suhbati);

– Ta’lim – tarbiya samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda  ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda axborot – kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish yo‘llari va usullari haqida (taqdimot mashg‘uloti);

– Maktabda, sinflarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar kitobxonligini oshirish bo‘yicha amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;

– Maktab Metodika kengashi, metodbirlashma hujjatlarini namunali tayyorlash va yuritish bo‘yicha amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;

– Maktab fayelari, sinf xonalarini XTV tavsiyalari asosida bezatilishida amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;

– “Metodik yordam kuni” dan olingan xulosa va natijalarni tasarrufdagi barcha umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga yetkazib berilishini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor berildi.