Ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 4-iyuldagi 144-sonli, 2014-yil 19-dekabrdagi 346-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Dars muqaddas” tadbiri, Xalq ta’limi vazirligining “O‘rgan-o‘rgat”, “Uzluksiz va uzviy”, “Yaxshi muallim sifatli ta’lim” tavsiyalarini amalga oshirish, ta’lim muassasalariga metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada yaxshilash, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Xatirchi tuman XTBga qarashli chekka hududlardagi 55- va 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Navoiy viloyat XTXQTMOHM o‘qituvchilari (R.M.Usmonova, X.T.Qurbonova, E.T.Tursunnazarova) va Xatirchi tuman XTB xorojiy tillar, tabiiy fanlar hamda boshlang‘ich ta’lim metodistlari (Sh.Yusupova, O.Gadoyev) bilan hamkorlikda metodik yordam ko‘rsatildi.

Metodik yordam davomida fan o‘qituvchilari darslari kuzatildi, tahlil qilindi hamda metod birlashma faoliyati yuzasidan tavsiyalar berildi, DTS talablarini bajarishda o‘quvchilarda va murakkab mavzulari ustida ishlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.