Ta’lim sifatini ko‘tarishda o‘zaro hamkorlik

Navoiy viloyat XTXQTMOHM hamda Navbahor tumani XTB o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi doirasida 2019-yil 18-sentyabr kuni “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Suvonov O.O., dotsentlar fizika-matematika fanlari nomzodi Norov Sh.G‘., fizika-matematika fanlari nomzodi Chuliyev E.A. va katta o‘qituvchi Xasanova Z.B.lar Navbahor tumani XTBga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib yuqori sinf o‘quvchilari va mutaxassis-o‘qituvchilar bilan mahorat darslarini o‘tdilar.

Markaz mutaxassislari aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, ta’limda pedagogik yangiliklar va innovatsiyalar davlat taraqqiyotida aniq fanlarning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida maktab o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilariga yangi ma’lumotlar berib o‘zaro fikr almashdilar. Tomonlar mahorat darslarini doimiy o‘tkazilishi va maktabning mutaxassis-o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish masalalarini kelishib oldilar.

Shuningdek, markazda ana’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda maktab o‘qituvchilarining ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishlari yuzasidan ko‘pgina maslahatlar berildi.