Konimex tumani maktablarida “Metodik yordam kuni” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 4-iyuldagi 144-sonli, 2014-yil 19-dekabrdagi 346-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash, “Umumiy o‘rta ta’lim  maktablarida “Dars muqaddas” tadbiri, Xalq ta’limi vazirligining “O‘rgan-o‘rgat”, “Uzluksiz-uzviy”, “Yaxshi muallim sifatli ta’lim” tavsiyalarini amalga oshirish, ta’lim muassasalariga metodik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada yaxshilash, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22-,26-,29-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Metodik yordam kuni” joriy yilning 17-sentyabr kuni Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Metodik xizmat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

“Metodik yordam kuni”ni tashkil qilish jarayonida:

– mazkur tayanch maktablarga yaqin bo‘lgan maktablarning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini ishtirok etishni ta’minlash;

– mazkur maktablarda o‘qituvchilar tomonidan “Dars-muqaddas” tamoyillari asosida, uzluksiz malaka oshirishning “Ustoz-shogird” tizimida ochiq darslarni o‘tib berishni tashkil etish;

– barcha metodistlarni “Metodik yordam kuni” ni o‘tkaziladigan maktablarga amaliy metodik yordam ko‘rsatishlarini tashkil etish;

– Darslarni  birgalikda taxlil etish, DTS talablarini  bajarishda  o‘quvchilar  bilimida  aniqlangan  bo‘shliqlarni to‘ldirish va murakkab mavzulari ustida  ishlash bo‘yicha  o‘zaro fikr almashish (davra suhbati);

– Ta’lim – tarbiya samaradorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda  ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda axborot – kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish yo‘llari va usullari haqida (taqdimot mashg‘uloti);

– Maktabda, sinflarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar kitobxonligini oshirish bo‘yicha amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;

– Maktab Metodika kengashi, metodbirlashma hujjatlarini namunali tayyorlash va yuritish bo‘yicha amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;

– Maktab fayelari, sinf xonalarini XTV tavsiyalari asosida bezatilishida amaliy-metodik yordam ko‘rsatish;

– “Metodik yordam kuni” dan olingan xulosa va natijalarni tasarrufdagi barcha umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga yetkazib berilishini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor berildi.