2019-2020-o‘quv yilidagi muhim va ustivor vazifalar belgilab olindi

Navoiy viloyati Karmana tumani xalq ta’limi tizimi xodimlarining 2019-2020-o‘quv yili an’anaviy Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi 2019-yil 26-avgust kuni Karmana tumani hokimligi faollar zalida  “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan bosh g‘oya asosida “Ta’limda islohot: o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik” shiori ostida tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi F.Umarov, Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Ostonov, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori F.Ro‘ziqulov, fan metodistlari va umumta’lim maktablarining tajribali direktorlari, xalq ta’limi sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy ustoz-muallimlar, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, yosh o‘qituvchilar hamda hududiy markazning professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan Karmana tumani xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini doimiy oshirib borishlari ta’kidlandi. 2019-2020-o‘quv yilining o‘quv dasturlari va darsliklaridagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlari yaqindan tanishtirildi, yangi o‘quv yilidagi muhim va ustivor vazifalar belgilab olindi.