Navbahor tumanida xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi o‘tkazildi

Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi tizimi xodimlarining 2019-2020-o‘quv yili an’anaviy Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi 2019-yil 24-avgust kuni Navbahor tumanidagi Keskanterak madaniyat markazida tashkil etildi.

Avgust kengashi  yalpi yig‘ilishida Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimi L.Oblakulov, Pespublika ta’lim markazi Aniq va tabiy fanlar metodisti E.Nazaraliyeva, Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Ataniyazova, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori F.Ro‘ziqulov va direktor o‘rinbosari A.Pulotov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i D.Imomova, fan metodistlari va umumta’lim maktablarining tajribali direktorlari, xalq ta’limi sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy ustoz-muallimlar, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, yosh o‘qituvchilar hamda hududiy markazning professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

Tadbirda tuman hokimi L.Oblakulov so‘zga chiqib, tizimda ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tuman xalq ta’limi xodimlarining 2019-2020-o‘quv yilidagi vazifalarini aniq va tizimli belgilab olinishiga va amalga oshirilishiga muvoffaqiyat tiladi. Tuman hokimligi tomonidan pedagogik faoliyatlarida yutuqlarga erishgan bir qator  o‘qituvchi va murabbiylar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan Navbahor tumani xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini doimiy oshirib borishlari ta’kidlandi. 2019-2020-o‘quv yilining o‘quv dasturlari va darsliklaridagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlari yaqindan tanishtirildi, yangi o‘quv yilidagi muhim va ustivor vazifalar belgilab olindi.