An’anaviy Avgust kengashi o‘quv-seminarlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi bazasida 2019 yil 23 avgust kuni 2019-2020 o‘quv yili oldidan an’anaviy Avgust kengashi o‘quv-seminarlari tashkil qilindi.

Tashkil etilgan tuman o‘quv-seminarida Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori F.Ro‘ziqulov ishtirok etib, “Uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligi to‘g‘risida” mavzusida ma’ruza qildi.

O‘quv-seminari davomida Konimex tumani xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratlarini doimiy oshirib borishlari ta’kidlandi. 2019-2020 o‘quv yili o‘quv dasturlari va darsliklaridagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlari yaqindan tanishtirildi, yangi o‘quv yilidagi muhim va ustivor vazifalar belgilab olindi.