Hamkorlik bo‘yicha vazifalar belgilandi

Navoiy viloyati XTXQTMO hududiy markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari joriy yilning 1-avgust kuni Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ilmiy-uslubiy yordam berish maqsadida tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktabning ta’lim holati barcha o‘qitiladigan fanlar kesimida chuqur tahlil qilindi, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha faoliyati o‘rganildi, maktab pedagog xodimlari bilan maktabdagi mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida amaliy suhbat o‘tkazildi.