Ijodkor muallim

Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Usmonova Raxima Mamayusupovna O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2019-yil tasdiqlangan Ta’limi o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarining 9-sinflari uchun «Русский язык» darsligiga mualliflik qildi.

R.Usmonova ilmiy-metodik faoliyati davomida Ta’limi o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarining Rus tili va adabiyoti faninig muhim va dolzarb muammolarini mustaqil tadqiq qilish bilan o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va interaktiv o‘qitish metodlari asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida seminar-treninglar tashkil etib, ma’ruzalar qilib kelmoqda.

                 

R.Usmonova jurnal va to‘plamlarda 20 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar e’lon qilgan. 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar tayyorlagan. Ko‘pgina respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Usmonova Raxima Mamayusupovnaning kelajakdagi ilmiy-metodik faoliyatiga yanada rivoj tilaymiz.