“Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar”

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 30 martdagi 02-02/4-776-sonli xatiga asosan Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2019 yil 21 noyabr kuni “Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

 Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Konferensiya tashkilotchilari: Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

Konferensiya o‘tkazish joyi va muddati: Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

Konferensiya ishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

1-SHo‘‘ba: Ta’limda innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar: imkoniyatlar, tahlillar va istiqbollar.

2-SHo‘‘ba: Maktabgacha, boshlang‘ich va umumta’lim maktablarida fanlarni  o‘qitishning innovatsion yondoshuvlari.

3-SHo‘‘ba: Ta’lim sifatini oshirishda ma’naviy meros va umuminsoniy qadriyatlarning o`qitilishida innovatsion yondoshuvning o‘rni va ahamiyati.

4-SHo‘‘ba: Ta’limda inson kapitali shakllanishining tashkiliy, ijtimoiy masalalari.

5-SHo‘‘ba: Ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishda xorijiy tillar o`qitilishining o‘rni va ahamiyati.

 

Respublika  ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etuvchilarning ilmiy maqolalari quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

  1. Ilmiy maqolalar 3-5 bet xajmda (shu jumladan formulalar, jadvallar, rasmlar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va h.k.) elektron variantda MS Word redaktorida, “Times New Roman” shriftida 1.5 intervalda, F-4 formatida o‘lchamlari 210-297mm, mukammal tahrir etilgan bo‘lishi kerak. Varaqning chap tomonidan 3sm, yuqori va pastidan 2.5 sm o‘ng tomonidan 1.5 sm joy qoldirilishi zarur.
  2. Mavzu bosh harflar bilan o‘rtaga, bir satrdan so‘ng muallifning ismi va familiyasi, keyingi satrda muallifning ilmiy darajasi, unvoni, doimiy ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi.
  3. Maqolalar ilmiy saviyasi bo‘yicha tahrir hay’ati tomonidan tanlanadi. Belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar anjuman materiallari to‘plamiga kiritilmaydi va qo‘lyozmasi qaytarilmaydi.

Maqolada bayon etilgan ma’lumotlar, ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodik jihatlari bo‘yicha muallif(lar) mas’uldir. Anjuman materiallari to‘plami mualliflarning oldindan to‘langan badallari hisobidan chop etiladi (maqolaning har bir sahifasi uchun 15 000 so‘mdan to‘lanadi).

Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilarning puxta tahrirlangan maqolalarini quyidagi manzilga va E-mail larga 2019 yil 30 oktyabrgacha yuborishlari so‘raladi:

Pochta manzili: Karmana tuman Toshkent ko‘chasi 41a-uy,

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi,

X/R: 23402000300100001010 STIR: 201122919,

Markaziy bank Toshkent shahar XKKM MFO: 00014,

SHXR: 400110860122347950100079001  STIR: 200006104.

Telefon: (436) 607-15-42;

Faks: (436) 532-17-13;

E-mail:  navoiy_moi@xtv.uz, navoiy_moi@umail.uz

Mas’ul:

F.I.O. Telefon
1. Tojiev G‘ayrat (93) 966-35-56

 

Konferensiya to‘g‘risidagi axborot xati va qo‘shimcha ma’lumotlarni  hududiy markazning quyidagi rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin: www.navoiymoi.uz

 

Anjumanda qatnashish uchun har bir ishtirokchi quyidagi namunadagi talabnomani to‘ldirishi shart:

1. Ishtirokchining F.I.SH.
2. SHo‘‘ba nomi
3. Maqolaning mavzusi
4. Lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni
5. Ish joyi
6. Mobil yoki ish joyi telefoni

(maxsus kodi bilan)

7. E_mail:

Bank rekvizitlari: Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

Pochta manzili: Karmana tuman Toshkent ko‘chasi 41a-uy,

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi,

X/R: 23402000300100001010 STIR: 201122919,

Markaziy bank Toshkent shahar XKKM MFO: 00014,

SHXR: 400110860122347950100079001  STIR: 200006104.