Xotiralar o’chmas qalbimdan

Joriy yilning 7-noyabr kuni “Til va adabiyot talimi” kafedasi o’qituvchilari Mamalakatimizning atoqli davlat va jamoat arbobi, buyuk inson, taniqli adib Sharof Rashialludov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan “Xotiralar o’chmas qalbimdan” mavzusida davra suhbati o’tkazdi. Davra suhbatida Sharof Rashidovning O’zbekistonning juda murakkab va qaltis, ogir siyosiy davrida Vatanimiz ravnaqi, turmushimiz farovonligi va obodligi uchun olib borgan fidokorona hayot yo’liga nazar tashlandi. Buyuk adib o’zining “Goliblar”, “Bo’rondan kuchli”, “Qudratli to’lqin” romanlarida qadimgi o’zbek zaminidagi beqiyos o’zgarishlarni qalamga olgan.

Sharof Rashidovning buyuk ishlari va nomi xalqimiz xotirasidan also o’chmaydi. Davra suhbati Sharof Rashidovni hayotda ko’rish baxtiga musharraf bo’lgan tinglovchilar taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar.

Sharof Rashidovning tarjimai holiga nazar tashlaganda u bilan yonma yon odimlagan safdoshlari ham uning hayratomuz hayot yo`lidan chuqur zavqlanadilar. Bir necha vaqt maktabda muallim va direktor, viloyat gazetasida muharrir bo`lib, universitetni tamomlab, jang maydonlarini kezib, qirg`in barot urushni boshidan kechirganida endigina 25 bahorni qarshilagandi. U chorak asr umrida katta hayot yo`lini bosib o`tishga ulgurgan edi.

U 1943 – 1944 yillarda Samarqand viloyati gazetasining muharriri, 1944 – 1947 yillarda shu viloyat firqa kotibi, 1947 – 1949 yillarda “Qizil O`zbekiston” gazetasi bosh muharriri, sal o`tmay 1949 – 1950 yillarda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo`lib xizmat qildi. 1950 yilda O`zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining raisi etib saylandi, qirq yoshida esa O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo`mitasining birinchi kotibi vazifasiga saylandi. Sharof Rashidov bu yuksak vazifada umrining oxirigacha, qariyb 24 yil ishladi.

Sharof Rashidov ikki marta Mehnat qaxramoni unvoniga sazovor bo`ldi. U bu mukofotlarini respublikamiz mehnatkashlarining yutug`i deb bilardi.