O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi PQ-3289-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi 3289-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maksadida institutda joriy yilning 10-oktyabr kuni professor-oqituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirokida yig’ilish otkazildi.

Yig’ilishda, institut rektori F.Ro’ziqulov qaror matnini to’liq o’qib berdi va qarorda ko’rsatib o’tilgan xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayotganligi, xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shugullanmayotgaligi va ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo’lga qo’yilmaganligi togrisida o’z fikr-mulohazalari bildirdi.

Yig’ilishda, qarorda belgilangan quyidagi vazifalarni amalga oshirilishi boyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi:

– xalq talimi xodimlarining metodik ehtiyojlarini tolaqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilgor shakl va usullarini joriy etish;

– xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha talim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o’quv-metodik ishlarni olib borish ko’nikmalarini rivojlantirish;

– masofadan o’qitish usullari asosida xalq talimi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o’quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o’quv mashgulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish;

– tegishli yonalishlar boyicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo’yicha zamonaviy metodik, axborot-malumotnoma bazasini yaratish;

– buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha talim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish;

– oquv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o’zaro samarali hamkorligini taminlash, xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashgulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan talim muassasalarida tashkil etish;

– innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni, masofadan o’qitishni, mustaqil talim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchitexnika va texnologiyalarni talim tizimiga joriy etish.