Xalq ta`limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish samaradorligini ta’minlashdagi dolzarb vazifalar

19-sentyabr kuni Navoiy viloyat XTXQTMOI va viloyat XTB hamkorligida Xalq ta`limi vazirining 2017-yil 10-avgustdagi 258-sonli buyrug’i ijrosini ta`minlash maqsadida Navoiy shahridagi 2,8,10,11,13,19-sonli umumta’lim maktablarida “Metodist o’qituvchilar maktabi” faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha navbatdagi viloyat o’quv-seminarlari bo’lib o’tdi. Unda Navoiy viloyat XTXQTMOI rektori, viloyat pedagogik muvofiqlashtiruvchi Kengash raisi F.R.Ro’ziqulov, o’quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor E.Cho’liyev, hududiy xalq ta`limi boshqaruv idoralari rahbar o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, tuman(shahar) maktablarida faoliyat ko’rsatuvchi har bir fan bo’yicha eng tajribali metodist o’qituvchilar, zamonaviy ta`lim muassasasi rahbarlari va rahbar o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Viloyat o’quv seminarlarida har bir tuman va shaharlarda “Metodist o’qituvchilar maktabi”, “Metodist murabbiylar muassasasi”, “Zamonaviy ta`lim muassasalari”, “Innovatsion tajriba-sinov muassasalari”  tuzilmalari, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma`lumotlar berildi.

Bundan tashqari 10-sinflarga o’qitiladigan fanlarning mazmun mohiyati, dars jarayonida o’qitishning zamonaviy ilg’or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar berildi.